"Hamroh Biznes Maktabi": yangi bilimlar, yangi marralar
Bilim va mehnat natijasi: "Hamroh Biznes Maktabi" bitiruvchilari

Foto: Hamroh - Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi
Nukus shahrida «Hamroh Biznes Maktabi» dasturi bitiruvchilariga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ta’lim davomida ishtirokchilar tadbirkorlik, moliyaviy boshqaruv, marketing va biznesni rivojlantirish yo‘nalishlarida yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ekspertlar va mentorlarning amaliy tavsiyalarini oldilar.
Har bir bitiruvchi uchun ushbu sertifikat shunchaki ta’limni tamomlaganlik tasdig‘i emas, balki amalga oshirilgan mehnat va erishilgan natijaning ifodasidir. Olingan bilim va tajriba ishtirokchilarga o‘z g‘oyalarini amalga oshirish, biznesini rivojlantirish va HAMROH ko‘magida yangi marralar sari dadil qadam tashlashga yordam beradi.








